Hurmatli yurtdoshlar!
Bugun bizning milliy timsolimiz — Davlat bayrog‘imiz qabul qilingan sana. Ushbu ramz har birimizning yuragimizda faxr, birdamlik va Vatanimizga cheksiz mehr tuyg‘ularini uyg‘otadi. Bayrog‘imiz nafaqat mustaqillik belgisidir, balki xalqimizning buyuk orzulari va ulug‘ maqsadlarining ifodasidir.
Barchangizni ushbu muhim kun bilan chin dildan tabriklayman. Yurtimiz bayrog‘i har doim tinchlik, taraqqiyot va muvaffaqiyatning timsoli sifatida dunyo uzra balandda hilpirab tursin! Bu kun har birimiz uchun faxr va ilhom manbai bo‘lsin.
NIU direktori E.Rahmonov