Qidirish

Navoiy innovatsiyalar universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
 
Navoiy innovatsiyalar universiteti kengashining navbatdagi 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
 
 
Universitet kengashi raisi, s.f.d (DSc), professor Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich, universitet jamoasi nomidan Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ochilova Maftuna Shuhratovnani falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabrikladi. Ushbu yutuq oliygohning ilmiy salohiyatini yana-da yuksaltirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.
 
 
 
Shuningdek, yig‘ilish davomida Universitet kengashi kotibasi p.f.f.d (PhD) Kubayeva Mavluda tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi dotsenti v.b.,  f.f.f.d (PhD) Kobulova Nodira Bahodir qizini dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish masalasi muhokamaga qo‘yildi.
 
 
 
Yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilgan muhokama natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya etildi.
 
 
 
Mazkur qarorlar universitetning ilm-fan rivojidagi ulkan qadamlarining yorqin ifodasi bo‘lib, kelajakda oliygohimiz ilmiy va pedagogik jamoasi uchun yangi marralarni zabt etishga zamin yaratadi.