Qidirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida“gi F-72-sonli Farmoyishi ijrosi yuzasidan 2023-yil 5-dekabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida MTDP Navoiy viloyat kengashi, universitet Ma’naviyat bo‘limi, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi bilan hamkorlikda kafedra professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Yarashova Nasiba Jumayevna tashabbusi bilan “MENING KONSTITUSIYAM 31 YOSHDA” shiori ostida “MENING KONSTITUTSIYAM VA DAVLAT TILIM” mavzusidagi ommaviy diktant tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda universitetning 67 nafar talabasi faol ishtirok etdi. Dastlab, tanlov shartlari, tartib-qoidalari va mazmun-mohiyati hamda ahamiyati borasida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, talabalarga diktant matni o‘qib eshittirildi.
Tanlov natijalari ertaga, 6-dekabr kuni e’lon qilinadi. Tanlov gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.