Ilmiy yutuqlar e’tirof etildi
Universitet Kengashining 1-son yig‘ilishida Kengash raisi, s.f.d. (DSc), professor Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich ilmiy unvon va daraja olgan professor-o‘qituvchilarni samimiy tabriklab, ularning ilmiy yutuqlarini e’tirof etdi.
Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, biologiya fanlari doktori (DSc) A.A.Ilyasov Universitet Kengashi tavsiyasiga asosan tibbiyot fanlari bo‘yicha morfologiya ixtisosligida professor unvonini oldi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N.Shopo‘latova pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi R. Biksaliyeva filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
Universitet rahbariyati va Kengash a’zolari ilmiy unvon va darajaga erishgan ustozlarni tabriklab, ularga kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yutuqlar tiladilar.