📚 “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” fanidan amaliy mashg‘ulot
Fan o‘qituvchisi Izzatilloyeva Sabina Ilhom qizi tomonidan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalar ishtirokida "Soya teatri" mavzusida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida talabalarning sahnalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Guldasta”, “Baraban”, “Viktorina” va “Aqliy hujum” metodlaridan foydalanildi.
🎭 Soya teatri asosida Barmoq teatri va Bo‘g‘irsoq teatri sahnalashtirildi.
Amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalar ijodiy fikrlash, sahna madaniyati va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdi.