搜索

消息

🎓 Faol va iqtidorli talaba — Xamdamova Sarvinoz Zokirjon qizi
21.10.2025
893
Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Xamdamova Sarvinoz Zokirjon qizi 19 yoshda bo‘lib, o‘qish davomida o‘zining izlanuvchanligi, ijtimoiy faolligi va ijodkorligi bilan ajralib turadi.
U xalqaro va respublika miqyosidagi bir qator tanlov hamda konferensiyalarda faol ishtirok etib, sertifikat, nishon va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
📚 “Yuksak ilm fidoyisi”, “Kitobxon millat”, “Mutolaa 4.0”, “Dolzarb 90 kunlik” kabi loyihalarda faol ishtiroki orqali Sarvinoz yoshlar orasida o‘z o‘rni va salohiyatini namoyon etib kelmoqda.
🌟 Izlanuvchan, bilimli va tashabbuskor talaba – Navoiy innovatsiyalar universiteti faxri!