Navoiy shahrida “Talaba yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi
Unda oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda mahallalar yoshlari qatnashdi.Ishtirokchilar “Yoshlik” stadioni bo‘ylab 3 km bo‘lgan masofani bosib o‘tib, unda jami 2000 nafardan ziyod sportsevarlar qatnashdi hamda erkaklar va ayollar o‘rtasida, shu bilan birga ishtirokchi muassasa va tashkilotlar kesimida ham g‘oliblar aniqlab olindi.Loyihadan ko‘zlangan maqsad aholi orasida sogʻlom hayotni targʻib qilish va barchani doimiy sport bilan shugʻullanishga jalb qilishdan iborat. “Talaba yugur” — bu faqat musobaqa emas, balki jismoniy va ma’naviy barkamollik sari tashlangan muhim qadamdir!