🇺🇿 Yurtimizning barcha hududlarida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
📚 Bugungi kunda jamiyat oldida o‘zbek tilini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida muhim vazifalar turibdi. Xususan, ta’limda tilning o‘rnini kuchaytirish, o‘zbek tilini raqamli makonda faol targ‘ib qilish va ommalashtirish, tilni o‘rganishga qaratilgan madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir.
Ayni shu maqsadda Navoiy Innovatsiyalar Universitetida “Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim!” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi talabalari tomonidan qadri baland, qaddi yuksak o‘zbek tilini ulug‘lovchi badiiy dastur namoyish etildi.
📌 O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali singadi. Ona tili — millatning ruhi!