搜索

Tilni tanlang

×

Navoiy innovatsiyalar universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandi talablariga asosan quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha pedagog xodimlar uchun bo‘sh lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

I. Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis pedagog xodimlar:

  • 1.1 Konchilik ishi
  • 1.2 Energetika muhandisligi
  • 1.3 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
  • 1.4 Iqtisodiyot
  • 1.5 Axborot tizimlari va texnologiyalari
  • 1.6 Pedagogika
  • 1.7 Psixologiya
  • 1.8 Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
  • 1.9 Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) — Xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim

II. Quyidagi fanlar bo‘yicha mutaxassis pedagog xodimlar:

  • 2.1 Fizika
  • 2.2 Kimyo
  • 2.3 Geografiya

III. Quyidagi lavozimlar bo‘yicha:

  • 3.1 Kafedra dispetcheri
  • 3.2 Kabinet mudiri

Hujjatlarni ishga ariza topshirish sahifasi orqali onlayn yuborishingiz mumkin.