🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi, Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi ta’lim) 4-bosqich talabasi🌸 Odilova Sitora Ergash qizi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Cho‘lpon izdoshlari” respublika ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallab, “Abdulhamid Cho‘lpon” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi! 🏅✨
📍 Shuningdek, yoshlarni ilm va she’riyatga yetaklash maqsadida Samarqand shahrida tashkil etilgan respublika miqyosidagi she’riyat tanlovida ham faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Cho‘lpon izdoshi” unvoniga muyassar bo‘ldi. 🌟
🌿 Sitora Odilova kabi izlanuvchan, ilmga chanqoq va iste’dodli yoshlar — bizning faxrimiz!Ularga ijodiy parvoz, yuksak marralar va yangi zafarlar tilaymiz! 💫