搜索

消息

“Ayollar innovatsiyalarda” ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
14.10.2025
893
🔹 “INNOWOMENWEEK – ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi” doirasida tashkil etilgan “Ayollar innovatsiyalarda” nomli ilmiy-amaliy konferensiyada Navoiy Innovatsiyalar Universitetining olima qizlari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ayollarning ilm-fan, ta’lim, texnologiya, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy sohalardagi innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy yutuqlarini keng jamoatchilik orasida ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
📌 Konferensiya davomida Universitetimizning iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi S. Oblaqulova xotin-qizlarning innovatsion ishlanmalari, yangi tashabbuslari va ilmiy izlanishlari yuzasidan ma’ruza qildi. Ishtirokchilarning ilg‘or g‘oyalari yuqori baholanib, eng yaxshi maqolalar tanlab olindi va tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
Tadbir ayollarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.