搜索

消息

✨ “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi
14.10.2025
893
Tadbir doirasida diniy ekstremizm va radikalizmning oldini olish, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, viloyat xotin-qizlar targ‘ibot guruhi rahbari Dilbar Normurodova hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va viloyat hokimligi vakili Husan Mengnorov ishtirok etdi.
📌 Uchrashuv davomida ishtirokchilarga diniy ekstremizm va radikal g‘oyalarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, hamda bunga qarshi kurashishda ma’rifatning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.