搜索

消息

✨ “Biznesga sayohat” — Navoiyda ayollar salohiyatini ro‘yobga chiqaruvchi loyiha
14.10.2025
893
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Navoiy Innovatsiyalar Universiteti hamda viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamkorligida tashkil etilgan “Biznesga sayohat” loyihasi hafta davomida samarali tarzda o‘tkazildi. Mazkur loyiha doirasida 150 nafardan ortiq faol va izlanuvchan xotin-qizlar qatnashishdi.
📌 Ishtirokchilar “Baraka non” MCHJ, shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi, viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamda “Chados-2009” MCHJ kabi bir qator yetakchi tashkilot va korxonalarda bo‘lib, quyidagi muhim yo‘nalishlarda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni egallashdi.
🏢 Navoiy Innovatsiyalar Universitetining talaba-qizlari ushbu loyihada nafaqat faol ishtirok etib, balki o‘zlarining tashabbuskorligi, yangicha fikrlashi va ilg‘or g‘oyalari bilan ajralib turishdi. Ular har bir amaliy mashg‘ulot va seminarlarda o‘z pozitsiyasini faol himoya qilib, kelajakda o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishdi.