🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi
📚 2025-yil 30-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–16-son farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 13-oktyabrdagi 384-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari hamkorligida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda Filologiya va tillarni o‘qitish hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi talabalari o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etishdi.
Tanlov natijalari quyidagicha:🥇 1-o‘rin — Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi, 3-bosqich “Hurriyat” jamoasi🥈 2-o‘rin — Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi, 1-bosqich 5-guruh “Yosh filologlar” jamoasi🥉 3-o‘rin — Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi, 1-bosqich 4-guruh “Ma’rifat nuri” jamoasi
📖 Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi