“Bir haftada – bir kitob” loyihasi davom etmoqda!
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi Axborot-resurs kutubxonasida 1-kurs talabalar o‘rtasida “Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Talabalar o‘qigan asarlari haqida o‘z fikr va taassurotlarini bo‘lishdilar, mazmunli muhokamalar olib bordilar.Loyiha yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, o‘qish madaniyatini shakllantirish hamda badiiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kitob — tafakkur chirog‘i, ma’naviyat manbai!