搜索

Tilni tanlang

×

消息

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi
02.02.2026
893
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi. Memorandumning bosh maqsadi - O‘zMPU va NIU o‘rtasida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlashda o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya hamda axborot-tahliliy faoliyatni takomillashtirishdan iborat.
Hamkorlikning ustuvor vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
🔹Navoiy innovatsiyalar universiteti O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasasi sifatida tan olishi va u tomonidan ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis tayyorlash, pedagogika ta’lim yo‘nalishlari talabalarinining akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o'qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari va amaliyotlarni tashkil etish;
🔹professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy ishlarini ustoz-shogird tamoyili asosida tashkil etish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar to‘plamlarini tayyorlash va chop etish bo‘yicha hamkorlik qilish, kutubxonalar (elektron kutubxonalar), zamonaviy uskunalar va boshqa axborot resurslaridan erkin va to‘liq foydalanish imkonini ta’minlash.
Endilikda O‘zMPU va NIU o‘zaro kelishilgan hamkorlik yo‘nalishlarini samarali amalga oshirishda muntazam aloqalarni yo‘lga qo‘yishi belgilab olindi.