搜索

选择语言

×

新闻

Navoiy innovatsiyalar universiteti öqituvçisi Gretsiyada bölib ötgan CONFLUENCE.RU xalqaro forumida iştirok etdi
11.11.2026
7
Navoiy innovatsiyalar universiteti öqituvçisi Gretsiyada bölib ötgan CONFLUENCE.RU xalqaro forumida iştirok etdi
 

2026-yil 16–18-oktabr kunlari Gretsiyaning Saloniki şahrida rus tili, madaniyati va karyera masalalariga bağişlangan CONFLUENCE.RU xalqaro forumi bölib ötdi. Mazkur nufuzli xalqaro ilmiy-ma’rifiy anjumanda Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvçi, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Biksaliyeva Rimma Özbekiston vakili sifatida iştirok etdi.

Saloniki şahar munitsipaliteti homiyligida taşkil etilgan forum turli mamlakatlardan kelgan professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, ta’lim va madaniyat muassasalari vakillarini birlaştirdi. Tadbirning asosiy maqsadi rus tilini öqitiş, rus adabiyotini örganiş, madaniyatlararo muloqot va zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişdan iborat böldi.

Forum doirasida rus tilini çet tili sifatida öqitişning dolzarb masalalari, yangi metodik yondaşuvlar, ikki tillilik muammolari, adabiyotşunoslik tadqiqotlari hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Iştirokçilar amaliy tajriba almaşiş va kasbiy hamkorlikning yangi şakllarini izlaşga alohida e’tibor qaratdilar.

17-oktabr kuni Rimma Biksaliyeva ilmiy ma’ruza bilan iştirok etdi, şuningdek, forumning mavzuli seksiyalaridan birida moderatorlik vazifasini bajardi. Seksiya yiğilişida iştirokçilar öz ilmiy tadqiqotlari natijalarini taqdim etdilar, rus tili va adabiyotini öqitişning zamonaviy yondaşuvlarini muhokama qildilar, öquv qöllanmalarini yaratiş hamda mualliflik metodikalarini qöllaş böyiça tajriba almaşdilar.

Ilmiy munozara alohida qiziqiş uyğotdi. Uning davomida öqituvçilar özlari yaratgan öquv-uslubiy işlanmalarni taqdim etib, ularni amaliyotda qöllaşning öziga xos jihatlari haqida söz yuritdilar va hamkasblarining savollariga javob berdilar. Muhokamalar turli mamlakatlar mutaxassislarining ta’lim sohasidagi tajribalarini qiyoslaş hamda kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilaş imkonini berdi.

Navoiy innovatsiyalar universiteti vakilining xalqaro forumdagi iştiroki oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyiş etiş, yangi kasbiy aloqalarni örnatiş va akademik hamkorlikni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday xalqaro tadbirlar Özbekiston tadqiqotçilarining jahon ilmiy-ta’lim makoniga integratsiyalaşuviga, şuningdek, rus tili, adabiyoti va madaniyati sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.