•Taʼlim axborot tizimlari majmuasining Oliy taʼlim qismini ishlab chiqishda ishtirok etish;
•Boʼlim boshligʼi tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
•Taʼlim axborot tizimlari majmuasining Oliy taʼlim qismi axborot va dasturiy taʼminotlarni toʼldirish boʼyicha texnik talablarni ishlab chiqishda qatnashish;
•Taʼlim axborot tizimlari majmuasining Oliy taʼlim qismidan foydalanish uchun uslubiy materiallar, yoʼriqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
•Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
•Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
Oʼz faoliyatiga taalluqli Nizom, yoʼriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, meʼyoriy hujjatlarini bilishi.
Malaka talablari:
•Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʼlishi;
•Oliy maʼlumotga ega boʼlishi zarur;
•Oʼz sohasiga tegishli masalalar boʼyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʼlishi zarur.