• Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Universitetdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to’g’ri ishlashini nazorat qilish;
• Kompyuterlarni texnik ko’rikdan o’tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
• Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
• Universitet kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
• Universitetda Internet tarmoqlari, (Universitet rasmiy veb-sayti ostidagi E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilish;
• Universitetning nusxa ko’paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko’rikdan o’tkazib turishni nazorat qilish;
• Universitetning elektron o’qitish bo’yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o’qitishni tashkil etish bo’yicha mahalliy va chet el oliy o’quv yurtlari bilan aloqalar o’rnatish;
• Universitet lokal tarmog’iga portal bo’yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish;
• Universitet mol-mulkiga o’zlarining mol-mulkidek munosabatda bo’lish, asrab-avaylash.