Search

images/bolim_va_markazlar/2025-04-21-05-17-07_a430913d550050c2a1287fc4f662709c.jpeg

Department of Youth Affairs, Spiritual and Educational Work, Sports and Health Work

null
•   Bo’lim faoliyatini va xodimlar mehnatini tashkil etish hamda nazorat qilish;
•   Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
•   Bo’lim maqsadidan kelib chiqib Universitetda mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
•   O’zbekiston Respublikasining ta’limga va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, bosh direktor hamda rektorning ma’naviy-ma’rifiy jarayondagi buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash;
•   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazib borish;
•   Talabalar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm holatlarini oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish;
•    “Axborot soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlarini reja asosida sifatli o’tkazilishini va professor-o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishi bo’yicha shaxsiy ish rejalari bajarilishini ta’minlash;
•   Ma’naviy-ma’rifiy konferensiyalarni tashkil etish;
•   Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash va ularga ko’maklashish, talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdor stipendiya sovrindorlarini ro’yxatlarini shakllantirish;
•   Universitet binolari, kafedralar va talabalar turar joylaridagi Ma’naviyat va ma’rifat xonalarini belgilangan tartibda jihozlanishi va ulardan unumli foydalanishni tashkillashtirish;
•   Fakultetlar, kafedralar va bo’limlarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi faoliyati bo’yicha hisobotlarini tayyorlash;
•   Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan jamoat tashkilotlari va murabbiylar kengashi faoliyatini yuritish;
•   Universitetning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo’yicha hisobotlarni tayyorlash va belgilangan muddatlarda Universitetning prorektoriga taqdim qilish qilish;
•   Universitetning barcha binolari va talabalar turar joylarida professor-o’qituvchilar hamda xodimlarning navbatchilik jadvallarini tuzish;
•   Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning sifati va samaradorligini tahliliy o’rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o’tkazib borish;
•   Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi tarkibiga kiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
•   Bo’lim faoliyati maqsadlaridan kelib chiqib targ’ibotchilar guruhini safarbar etgan holda g’oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda dolzarb mavzularda suhbat va muloqot kechalarini tashkil etish;
•   Bo’limga yuqori tashkilotlardan va rektoratdan kiruvchi hujjatlar va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini alohida kitobda qayd etilishi va o’z vaqtida sifatli ijrosini nazorat qilish;
•   Universitetda, kafedralarda va talabalar turar joylarida “Ma’naviyat xonalari”ni belgilangan talab asosida jihozlanishini shakllantirish;
•   Universitet talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshirilishinini ta’minlash;
•   Universitetning barcha professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida haftaning har juma kuni “Ma’naviyat soat”lari tashkil etilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
•   Yoshlar masalalari va ma’naviyat ishlari bo’yicha prorektorga rektor huzurida o’tkaziladigan haftalik apparat yig’ilishiga ma’lumotlar tayyorlash;
•   Universitetda Davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
•   Universitetda professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va taniqli davlat va san’at arboblari ishtirokida turli davra suhbatlari hamda savol-javob kecha tadbirlari tashkil etish o’tkazilishini ta’minlash;
•   Odob-axloq qoidalari bo’yicha Universitet nizomini ishlab chiqishga mas’ul;
•   Universitet professor o’qituvchilari, xodimlari va talabalari tomonidan Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish va kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini tashkil etish va ijrosini ta’minlash;
•   Talaba yoshlarni Vatanga muhabbat, davlatimiz Prezidentiga sadoqat, diniy ekstremizm g’oyalariga qarshi qat’iy kurashish va o’z kasbiga munosib shaxs sifatida ma’naviy shakllanishlarini ta’minlash choralarini ko’rish;
•   Universitet mehnat jamoasida ma’naviy sog’lom muhitni shakllanishini va barqarorlikni ta’minlash;
•   Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
•   Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
•   Universitet mol-mulkiga o’z mol-mulkiga bo’lgandek munosabatda bo’lish.
812