• Bo’lim faoliyatini va xodimlar mehnatini tashkil etish hamda nazorat qilish;
• Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Bo’lim maqsadidan kelib chiqib Universitetda mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
• O’zbekiston Respublikasining ta’limga va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, bosh direktor hamda rektorning ma’naviy-ma’rifiy jarayondagi buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash;
• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazib borish;
• Talabalar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm holatlarini oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish;
• “Axborot soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlarini reja asosida sifatli o’tkazilishini va professor-o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishi bo’yicha shaxsiy ish rejalari bajarilishini ta’minlash;
• Ma’naviy-ma’rifiy konferensiyalarni tashkil etish;
• Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash va ularga ko’maklashish, talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdor stipendiya sovrindorlarini ro’yxatlarini shakllantirish;
• Universitet binolari, kafedralar va talabalar turar joylaridagi Ma’naviyat va ma’rifat xonalarini belgilangan tartibda jihozlanishi va ulardan unumli foydalanishni tashkillashtirish;
• Fakultetlar, kafedralar va bo’limlarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi faoliyati bo’yicha hisobotlarini tayyorlash;
• Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan jamoat tashkilotlari va murabbiylar kengashi faoliyatini yuritish;
• Universitetning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo’yicha hisobotlarni tayyorlash va belgilangan muddatlarda Universitetning prorektoriga taqdim qilish qilish;
• Universitetning barcha binolari va talabalar turar joylarida professor-o’qituvchilar hamda xodimlarning navbatchilik jadvallarini tuzish;
• Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning sifati va samaradorligini tahliliy o’rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o’tkazib borish;
• Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi tarkibiga kiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
• Bo’lim faoliyati maqsadlaridan kelib chiqib targ’ibotchilar guruhini safarbar etgan holda g’oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda dolzarb mavzularda suhbat va muloqot kechalarini tashkil etish;
• Bo’limga yuqori tashkilotlardan va rektoratdan kiruvchi hujjatlar va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini alohida kitobda qayd etilishi va o’z vaqtida sifatli ijrosini nazorat qilish;
• Universitetda, kafedralarda va talabalar turar joylarida “Ma’naviyat xonalari”ni belgilangan talab asosida jihozlanishini shakllantirish;
• Universitet talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshirilishinini ta’minlash;
• Universitetning barcha professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida haftaning har juma kuni “Ma’naviyat soat”lari tashkil etilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
• Yoshlar masalalari va ma’naviyat ishlari bo’yicha prorektorga rektor huzurida o’tkaziladigan haftalik apparat yig’ilishiga ma’lumotlar tayyorlash;
• Universitetda Davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
• Universitetda professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va taniqli davlat va san’at arboblari ishtirokida turli davra suhbatlari hamda savol-javob kecha tadbirlari tashkil etish o’tkazilishini ta’minlash;
• Odob-axloq qoidalari bo’yicha Universitet nizomini ishlab chiqishga mas’ul;
• Universitet professor o’qituvchilari, xodimlari va talabalari tomonidan Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish va kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini tashkil etish va ijrosini ta’minlash;
• Talaba yoshlarni Vatanga muhabbat, davlatimiz Prezidentiga sadoqat, diniy ekstremizm g’oyalariga qarshi qat’iy kurashish va o’z kasbiga munosib shaxs sifatida ma’naviy shakllanishlarini ta’minlash choralarini ko’rish;
• Universitet mehnat jamoasida ma’naviy sog’lom muhitni shakllanishini va barqarorlikni ta’minlash;
• Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
• Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
• Universitet mol-mulkiga o’z mol-mulkiga bo’lgandek munosabatda bo’lish.