NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI TAŞABBUSI BILAN ALIŞER NAVOIY MEROSINI
ÖRGANIŞGA BAĞIŞLANGAN YIRIK ILMIY-AMALIY ANJUMAN ÖTKAZILDI
2025-yil 14-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti taşabbusi bilan “Alişer Navoiy ijodiy merosining başariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi örni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi.
Uşbu nufuzli tadbirda taniqli navoiyşunos va adabiyotşunos olimlar, jumladan, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov, Xalqaro Islom akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov, Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Usmon Qobilov, Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Husniddin Eşonqulov, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Şaxlo Hojiyeva, Navoiy davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Zarif Quvonovlar hamda universitet professor-öqituvçilari, yoş tadqiqotçilar va talabalar iştirok etişdi.
Anjumanda Alişer Navoiy merosining xalqaro miqyosdagi ahamiyati, uning jahon madaniyati va ilm-fan taraqqiyotiga qöşgan ulkan hissasi atrofliça muhokama qilindi. Xususan, Nyu-York Milliy kutubxonasida saqlanayotgan Navoiy qölyozmalari va Amerika kutubxonalarida joylaşgan nodir manbalar haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.
Şuningdek, ilmiy anjumanda özbek-turk ma’naviy merosini özida aks ettirgan Yevropa muzeylari haqida fikrlar bildirilib, xorijiy kutubxonalarda saqlanayotgan özbek merosi asosida tayyorlangan 3 jildlik kitoblar jamlanmasi universitetga sovğa qilindi.
Tadbir yakunida ilmiy anjumanda iştirok etgan olimlarga maxsus sertifikatlar va qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi. Mazkur ilmiy uçraşuv Hazrat Navoiy merosini çuqur örganiş va tarğib qiliş yölida katta qadam böldi. Mutaxassis olimlarning ma'ruzalari talabalarimizda Navoiy merosini anglaşga bölgan qiziqişlarini yanada oşirganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.