“Yaşil” iqtisodiyot şaroitlarida innovatsion rivojlanişning
zamonaviy yönalişlari” mavzusidagi
Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda “yaşil” iqtisodiyotning dolzarb yönalişlari muhokama qilindi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan “Yaşil” iqtisodiyot şaroitlarida innovatsion rivojlanişning zamonaviy yönalişlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani taşkil etildi.
Mazkur anjumanda yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan professor-öqituvçilar va yetuk olimlar iştirok etib, öz ilmiy qaraşlari bilan örtoqlaşdilar.
Tadbir davomida “yaşil” iqtisodiyotga ötişda köp yillik mevali daraxtlarni östiriş xarajatlari hisobi va baholaş, uşbu iqtisodiy modelga ötişning obyektiv zarurligi va istiqbollari, şuningdek, erkin iqtisodiy zonalarda “yaşil” iqtisodiyot strategiyasining bosqiçlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Anjuman iştirokçilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar “yaşil” iqtisodiyotga ötiş jarayonini ilmiy asoslaş va uni amaliyotga tatbiq etişda muhim nazariy hamda amaliy yönalişlarni belgilab berdi.