“Yashil” iqtisodiyot sharoitlarida innovatsion rivojlanishning
zamonaviy yo‘nalishlari” mavzusidagi
Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda “yashil” iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan “Yashil” iqtisodiyot sharoitlarida innovatsion rivojlanishning zamonaviy yo‘nalishlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Mazkur anjumanda yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar va yetuk olimlar ishtirok etib, o‘z ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir davomida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda ko‘p yillik mevali daraxtlarni o‘stirish xarajatlari hisobi va baholash, ushbu iqtisodiy modelga o‘tishning obyektiv zarurligi va istiqbollari, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarda “yashil” iqtisodiyot strategiyasining bosqichlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Anjuman ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini ilmiy asoslash va uni amaliyotga tatbiq etishda muhim nazariy hamda amaliy yo‘nalishlarni belgilab berdi.