Milliy ğurur ramzi: NIUda Davlat madhiyasining 32 yilligi keng nişonlandi
Joriy yilning 10 dekabr sanasida Navoiy innovatsiya universitetida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 32 yilligiga bağişlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-öqituvçilari, ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça prorektor, tyutorlar jamoasi hamda talabalar faol iştirok etişdi.
Tadbirni universitet rahbariyati oçib berib, Davlat madhiyasining ahamiyati va uning har bir fuqaroning qalbida faxr-iftixor uyğotişdagi örni haqida nutq sözladi. Şuningdek, madhiyaga oid tarixiy ma'lumotlar, uning yaratiliş tarixi va milliy ğururni şakllantirişdagi ahamiyati haqida ma'lumot berildi.
Tadbir doirasida talabalar tomonidan taşkil etilgan ijodiy çiqişlar, qöşiqlar hamda şe'riy töplamlar ijro etildi. Ayniqsa, Davlat madhiyasini birgalikda ijro etiş iştirokçilar qalbida yanada katta ilhom va ğurur uyğotdi.
Universitetda bunday ma'naviy tadbirlar muntazam ötkazilib, yoşlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ğurur hissini kuçaytirişga xizmat qilmoqda.