Navoiy innovatsiyalar universiteti Kengaşining navbatdagi yiğilişi ötkazildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti kengaşining navbatdagi 4-son yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi va tegişli qarorlar qabul qilindi.
Universitet kengaşi raisi, s.f.d (DSc), professor Mavlonov Jörabek Yorquloviç, universitet jamoasi nomidan Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi öqituvçisi Oçilova Maftuna Şuhratovnani falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qölga kiritgani bilan samimiy tabrikladi. Uşbu yutuq oliygohning ilmiy salohiyatini yana-da yuksaltiriş yölidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Şuningdek, yiğiliş davomida Universitet kengaşi kotibasi p.f.f.d (PhD) Kubayeva Mavluda tomonidan Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi dotsenti v.b., f.f.f.d (PhD) Kobulova Nodira Bahodir qizini dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etiş masalasi muhokamaga qöyildi.
Yaşirin ovoz beriş orqali ötkazilgan muhokama natijasiga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya etildi.
Mazkur qarorlar universitetning ilm-fan rivojidagi ulkan qadamlarining yorqin ifodasi bölib, kelajakda oliygohimiz ilmiy va pedagogik jamoasi uçun yangi marralarni zabt etişga zamin yaratadi.