Iqtisodiy bilimlar va zukkolik sinovi: KVN-Breyn ring bellaşuvi
"Iqtisodiyot va Axborot texnologiyalari" kafedrasi öqituvçisi Savriyeva Madina Hakimovna tomonidan Iqtisodiyot yönalişi 1-bosqiç 1-2-guruh talabalari uçun "Iqtisodiyot nazariyasi-1" fanidan 1-semestr yakuniga bağişlangan qiziqarli va ta’limiy Breyn-ring bellaşuvi taşkil etildi.
Bellaşuv davomida talabalar ikki jamoaga bölinib, 6 ta şart böyiça bellaşdilar. Ularning zukkoligi, bilimdonligi, çaqqonligi va hazil-mutoyibaga boy çiqişlari tadbirga yanada joziba bağişladi. Har bir jamoa iqtisodiy bilimlarini nafaqat nazariy, balki ijodiy usullar bilan ham namoyon qildi.
Tadbir davomida:
- iqtisodiy muammolar sahna körinişlari orqali tasvirlandi;
- qiziqarli va mantiqiy savol-javoblar ötkazildi;
- iqtisodiy masalalar yeçimi tahlil qilindi;
- kulgu va hazil-mutoyibalar bilan boyitilgan çiqişlar namoyiş etildi;
- hatto salat tayyorlaş kabi noodatiy topşiriqlar ham bajarildi.
Bellaşuv ğoliblari qimmatbaho sovğalar va diplomlar bilan taqdirlanib, iştirokçilarning faolligi yuqori baholandi. Bu kabi tadbirlar talabalarni iqtisodiy bilimlarini mustahkamlaş bilan birga, ijodiy fikrlaş va jamoa bölib işlaş mahoratini ham rivojlantirişga xizmat qiladi.