Iqtisodiy bilimlar va zukkolik sinovi: KVN-Breyn ring bellashuvi
"Iqtisodiyot va Axborot texnologiyalari" kafedrasi o‘qituvchisi Savriyeva Madina Hakimovna tomonidan Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich 1-2-guruh talabalari uchun "Iqtisodiyot nazariyasi-1" fanidan 1-semestr yakuniga bag‘ishlangan qiziqarli va ta’limiy Breyn-ring bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv davomida talabalar ikki jamoaga bo‘linib, 6 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Ularning zukkoligi, bilimdonligi, chaqqonligi va hazil-mutoyibaga boy chiqishlari tadbirga yanada joziba bag‘ishladi. Har bir jamoa iqtisodiy bilimlarini nafaqat nazariy, balki ijodiy usullar bilan ham namoyon qildi.
Tadbir davomida:
- iqtisodiy muammolar sahna ko‘rinishlari orqali tasvirlandi;
- qiziqarli va mantiqiy savol-javoblar o‘tkazildi;
- iqtisodiy masalalar yechimi tahlil qilindi;
- kulgu va hazil-mutoyibalar bilan boyitilgan chiqishlar namoyish etildi;
- hatto salat tayyorlash kabi noodatiy topshiriqlar ham bajarildi.
Bellashuv g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanib, ishtirokchilarning faolligi yuqori baholandi. Bu kabi tadbirlar talabalarni iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ijodiy fikrlash va jamoa bo‘lib ishlash mahoratini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.