BAXTIM ŞUL, ÖZBEKNING ZULFIYASIMAN!
Joriy yilning 28-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi tomonidan Özbekiston xalq şoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinçlik uçun kuraş jarçisi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi tantanali nişonlandi.
Tadbirda kafedra professor-öqituvçilari, ijodkor talaba-yoşlar hamda adabiyot ixlosmandlari iştirok etişdi. Badiiy keçada Zulfiyaxonim qalamiga mansub beğubor yuraklardan otilib çiqqan gözal şeʼrlar jarangi dillarga xuşnudlik bağişladi.
Sahnada Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim siymolari gavdalantirilib, ular qalamidan tökilgan şeʼrlar asosida kuylangan taronalar jonli ijroda kuylandi. Tadbir kuy-qöşiqlar va nafis raqslar bilan davom etdi. Şuningdek, tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, f.f.f.d. Raʼno Fayzullayeva Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi haqida töxtalib, şoira xotirasiga bağişlab yozgan şeʼrini öqib berdi.
Badiiy keça söngida esa Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi mudiri, professor Kadirov Kamol Namozoviç Zulfiyaxonim ijodiga öz munosabatini bildirdi va tadbir iştirokçilariga taşakkur izhor etib, ularga esdalik sovğalar ulaşdi.