NIU professor-öqituvçilarining
ilmiy yutuqlari e’tirof etildi
Navoiy innovatsiyalar universitetida ilmiy salohiyatni oşiriş, ta’lim sifatini yanada rivojlantiriş yölida yana bir muhim natijaga erişildi. Universitet Kengaşining 8-son yiğilişida kengaş raisi, s.f.d. (DSc), professor Mavlonov Jörabek Yorquloviç ilmiy unvon va darajaga ega bölgan professor-öqituvçilarni samimiy qutlab, ularning yutuqlarini alohida e’tirof etdi.
Mazkur yiğilişda p.f.f.d. (PhD) Kubayeva Mavluda Baxtiyor qizi Universitet Kengaşi tavsiyasiga asosan dotsent ilmiy unvonini, şuningdek, Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi öqituvçisi Payzulayeva Ra’no Mahmudovna f.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasiga ega bölganligi munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
Bu yutuqlar universitet ilmiy salohiyatining yuksalişiga, ta’lim jarayonining sifat jihatdan ösişiga hamda yoş tadqiqotçilarni ilmiy izlanişlarga ruhlantirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir. Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi ilm-fan rivojiga öz hissasini qöşiş yölida izçil harakat qilişda davom etmoqda.