NIU professor-o‘qituvchilarining
ilmiy yutuqlari e’tirof etildi
Navoiy innovatsiyalar universitetida ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim sifatini yanada rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim natijaga erishildi. Universitet Kengashining 8-son yig‘ilishida kengash raisi, s.f.d. (DSc), professor Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni samimiy qutlab, ularning yutuqlarini alohida e’tirof etdi.
Mazkur yig‘ilishda p.f.f.d. (PhD) Kubayeva Mavluda Baxtiyor qizi Universitet Kengashi tavsiyasiga asosan dotsent ilmiy unvonini, shuningdek, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Payzulayeva Ra’no Mahmudovna f.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
Bu yutuqlar universitet ilmiy salohiyatining yuksalishiga, ta’lim jarayonining sifat jihatdan o‘sishiga hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga ruhlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi ilm-fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shish yo‘lida izchil harakat qilishda davom etmoqda.