Ingliz madaniyati va ta’lim yondaşuvlari: “Mamlakatşunoslik”
fanidan noan’anaviy oçiq seminar
Navoi innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi öqituvçisi Xalilova Muhtarama tomonidan Ingliz tili ta’lim yönalişi 2-kurs 1-guruh talabalari uçun “Mamlakatşunoslik” fanidan “The United Kingdom and Northern Ireland” mavzusida oçiq seminar darsi taşkil etildi.
Dars davomida talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega böldilar, balki ingliz madaniyatiga xos urf-odatlar bilan ham yaqindan tanişişdi. Xususan, “Easter” (Pasxa), “Halloween”, “Eisteddfod” hamda “Burns Night” kabi diniy va madaniy bayramlar talabalarning jonli çiqişlari orqali namoyiş etildi.
Mazkur seminar noan’anaviy yondaşuvlar asosida taşkil etilib, kuzatuvçi ustozlar ham dars jarayoniga jalb qilindi. “Ice breaker”, “TBLT” (Task-Based Language Teaching), “TPR” (Total Physical Response) va “Audio-lingual” metodlaridan samarali foydalanildi.
Bunday interaktiv yondaşuvlar talabalarning ingliz tili va madaniyati böyiça bilimlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilib, ularning amaliy könikmalarini oşirişga katta hissa qöşdi.