Matematikaning çuqur sirlariga sayohat
Joriy yilning 12-mart kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Axborot texnologiyalari va tizimlari yönalişi 2-1-guruhi talabalari uçun Hisob (calculus) fanidan oçiq dars bölib ötdi. Maşğulotni Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi öqituvçisi Zebiniso Norqulova olib bordi.
Dars davomida "Ikki özgaruvçili funksiyaning aniqlaniş sohasi, limiti va uzluksizligi", şuningdek, "Birinçi va ikkinçi tartibli xususiy hosilalar" mavzulari atrofliça örganildi. Talabalar mavzuni çuqur anglab yetişlari uçun dars interaktiv usullar &ndaş; "Aqliy hujum", "Blits sörov", "Zinama-zina" va "Klaster" texnologiyalari asosida taşkil etildi.
Maşğulot davomida talabalar kiçik guruhlarga bölinib, amaliy masalalarni hal qilişdi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan darsda talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlaş barobarida ularni real masalalarga qöllaş könikmalarini ham şakllantirişdi. Oçiq dars faol va samarali ötib, barça iştirokçilarga foydali tajriba böldi.