Qidiriş

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

"Navoiyşunoslik" fanidan oçiq dars taşkil etildi
27.03.2025
2
"Navoiyşunoslik" fanidan oçiq dars taşkil etildi
 
        Navoiy innovatsiyalar universiteti "Filologiya va tillarni öqitiş" kafedrasining Özbek tili ta’lim yönalişi 3-kurs 1-guruh (sirtqi ta'lim) talabalari uçun filologiya fanlari böyiça falsafa doktori, PhD Şaripova Nigora Nuriddinovna tomonidan "Navoiyşunoslik" fanidan "Lison ut-tayr" dostoni va unda ilgari surilgan masalalar" mavzusida oçiq dars taşkil etildi.
 
 
      Dars davomida 2025-yilning viloyatimizda "Alişer Navoiy yili" deb e'lon qilinişiga alohida urğu berilib, Hazrat Alişer Navoiy ijodining umumbaşariy ahamiyati, "Lison ut-tayr" dostonining ma'rifiy-irfoniy mohiyati, poetik-struktur qurilişi, mazkur dostonning şoir olti dostoni içida öziga xosligi, "Olloh-Olam-Odam" talqinidagi hikoyatlari tahliliga e'tibor qaratildi.
 
 
      Dostondagi yetti vodiyning tasavvuf tariqatlari bilan uzviy aloqadorligiga munosabat bildirilib, undagi quşlar, Hudhud, Semurg' obrazlarining tasavvufiy talqinlari xususida fikr bildirildi. Oçiq dars zamonaviy texnologiyalar asosida "Tezkor savol-javob", "Fakt-reportaj", "Detal-timsol", "Notiqlik minbari", "Zakovat quiz" - "Tasavvur va tafakkur" metodlari orqali taşkil etilib, talabalar faolligi oşirildi. Bahs-munozaralar, savol-javoblar orqali mavzuga çuqur yondaşildi.
 
 
       Oçiq dars maşğulotida professor-öqituvçilardan kafedra dotsenti A.Aslonov, f.f.f.d, PhD N.Ğulomova,  p.f.f.d. PhD M.Sanoyeva, f.f.f.d, PhD R.Fayzullayeva,  f.f.f.d. PhD N.Kobulova, f.f.f.d. PhD F.Rajabov, katta öqituvçilar D.Kodirova, R.Biksaliyeva, D.Şaripovalar iştirok etişdi.