Zoologiya fanidan oçiq amaliy maşğulot
"Aniq, texnika va tabiiy fanlar" kafedrasi katta öqituvçisi Lola Sadilloyeva tomonidan Biologiya yönalişi 2-bosqiç 4-guruh talabalariga “Sutemizuvçilarning içki tuzilişi” mavzusida oçiq amaliy maşğulot darsi ötkazildi.
Dars davomida talabalar sutemizuvçilarning içki organlari anatomiyasi va fiziologiyasiga oid muhim nazariy va amaliy bilimlarga ega böldilar. Maşğulotni yanada qiziqarli va samarali taşkil etiş maqsadida interfaol usullar va didaktik öyinlardan keng foydalanildi. Jumladan, "Sirli söz", "Biologik diktant", "Omadli talaba", “Kim epçil-u, kim çaqqon?”, "Şerigini top" kabi metodlar qöllanilib, talabalar bilimini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Amaliy maşğulotda talabalar nafaqat öz bilimlarini oşirişdi, balki jamoada işlaş, mantiqiy fikrlaş, tezkorlik va kuzatuvçanlik könikmalarini ham rivojlantirdilar. Dars jarayoni jonli muhokamalar, savol-javoblar va guruhiy işlarga boy böldi.