Zoologiya fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot
"Aniq, texnika va tabiiy fanlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Lola Sadilloyeva tomonidan Biologiya yo‘nalishi 2-bosqich 4-guruh talabalariga “Sutemizuvchilarning ichki tuzilishi” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.
Dars davomida talabalar sutemizuvchilarning ichki organlari anatomiyasi va fiziologiyasiga oid muhim nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotni yanada qiziqarli va samarali tashkil etish maqsadida interfaol usullar va didaktik o‘yinlardan keng foydalanildi. Jumladan, "Sirli so‘z", "Biologik diktant", "Omadli talaba", “Kim epchil-u, kim chaqqon?”, "Sherigini top" kabi metodlar qo‘llanilib, talabalar bilimini mustahkamlashga xizmat qildi.
Amaliy mashg‘ulotda talabalar nafaqat o‘z bilimlarini oshirishdi, balki jamoada ishlash, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va kuzatuvchanlik ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar. Dars jarayoni jonli muhokamalar, savol-javoblar va guruhiy ishlarga boy bo‘ldi.