“Oila muammolari böyiça konsultatsiya”
mavzusida oçiq dars
Navoiy innovatsiyalar universitetining Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi katta öqituvçisi Qahharova Malika Lutfullo qizi Pedagogika va psixologiya yönalişi 2-kurs 1-guruh talabalari uçun “Oila muammolari böyiça konsultatsiya” mavzusida oçiq dars ötkazdi.
Dars interaktiv usullar asosida taşkil etildi. Talabalar anagrammalar orqali mavzuni mustahkamlaşdi, “Juftini top” öyini yordamida oila tuşunçasi bilan boğliq asosiy elementlarni aniqlaşdi.
Şuningdek, “Oila daraxti” metodi orqali oilaning ijtimoiy tuzilmasi tahlil qilindi va turli energizer maşğulotlari bilan dars qizğin muhokamalar ruhida davom etdi. Dars davomida talabalar oilaviy muammolar va ularning kelib çiqiş sabablari böyiça tahlillarni örganişdi.
Xususan, universitet öqituvçilari va talabalarining fikrlari asosida tayyorlangan maxsus videorolik namoyiş etildi. Uşbu material oiladagi nizolar, kelişmovçiliklar hamda ularning oldini oliş yöllariga bağişlangan bölib, dars iştirokçilari uçun muhim tahliliy asos bölib xizmat qildi.
Oçiq dars nafaqat talabalar, balki öqituvçilar uçun ham muhim amaliy tajriba böldi. Mazkur maşğulot oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş, muammolarni aniqlaş va ularni samarali hal etiş yönalişida yangiça yondaşuvlarni tatbiq etiş uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.