Qidirish

“Oila muammolari bo'yicha konsultatsiya”
mavzusida ochiq dars
 
        Navoiy innovatsiyalar universitetining Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi katta o'qituvchisi Qahharova Malika Lutfullo qizi Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 2-kurs 1-guruh talabalari uchun “Oila muammolari bo'yicha konsultatsiya” mavzusida ochiq dars o'tkazdi.
 
 
     Dars interaktiv usullar asosida tashkil etildi. Talabalar anagrammalar orqali mavzuni mustahkamlashdi, “Juftini top” o‘yini yordamida oila tushunchasi bilan bog‘liq asosiy elementlarni aniqlashdi.
 
 
    Shuningdek, “Oila daraxti” metodi orqali oilaning ijtimoiy tuzilmasi tahlil qilindi va turli energizer mashg‘ulotlari bilan dars qizg‘in muhokamalar ruhida davom etdi. Dars davomida talabalar oilaviy muammolar va ularning kelib chiqish sabablari bo'yicha tahlillarni o'rganishdi.
 
 
     Xususan, universitet o'qituvchilari va talabalarining fikrlari asosida tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi. Ushbu material oiladagi nizolar, kelishmovchiliklar hamda ularning oldini olish yo'llariga bag'ishlangan bo'lib, dars ishtirokchilari uchun muhim tahliliy asos bo'lib xizmat qildi.
 
 
     Ochiq dars nafaqat talabalar, balki o‘qituvchilar uchun ham muhim amaliy tajriba bo‘ldi. Mazkur mashg‘ulot oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etish yo‘nalishida yangicha yondashuvlarni tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.