"Diqqatni diagnostika qiliş metodlari"
mavzusida oçiq dars taşkil etildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi Maktabgaça ta’lim yönalişi 1-kurs 1-guruh talabalari uçun öqituvçi Boboyeva Feruza Azimjonovna tomonidan "Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostika" fanidan "Diqqatni diagnostika qiliş metodlari" mavzusida oçiq dars taşkil etildi.
Dars davomida talabalar iştirokida "Diqqatni jamlaş" treningi va "Xotirani mustahkamlaş" metodlari ötkazildi. Şuningdek, "Men kimman yoki nima" interaktiv metodidan foydalanildi. “Aralaş mevalar” öyini orqali talabalar mavzuga oid bilimlarini mustahkamlaşdi.
Dars jarayonida harakatli öyin turlari, ularni ötkaziş metodikasi hamda mantiqiy öyinlarning bola rivojlanişidagi ahamiyati haqida çuqur tuşunçalar berildi. Talabalar uşbu öyinlarni qiziqarli va tezkor savol-javoblar orqali amaliy tarzda örganişdi.