"Diqqatni diagnostika qilish metodlari"
mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 1-guruh talabalari uchun o‘qituvchi Boboyeva Feruza Azimjonovna tomonidan "Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostika" fanidan "Diqqatni diagnostika qilish metodlari" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida talabalar ishtirokida "Diqqatni jamlash" treningi va "Xotirani mustahkamlash" metodlari o‘tkazildi. Shuningdek, "Men kimman yoki nima" interaktiv metodidan foydalanildi. “Aralash mevalar” o‘yini orqali talabalar mavzuga oid bilimlarini mustahkamlashdi.
Dars jarayonida harakatli o‘yin turlari, ularni o‘tkazish metodikasi hamda mantiqiy o‘yinlarning bola rivojlanishidagi ahamiyati haqida chuqur tushunchalar berildi. Talabalar ushbu o‘yinlarni qiziqarli va tezkor savol-javoblar orqali amaliy tarzda o‘rganishdi.