Qidiriş

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

“ILMLI AYOL – JAMIYAT KÖZGUSI" mavzusida ilmiy-amaliy seminar
07.07.2025
4
“ILMLI AYOL &ndaş; JAMIYAT KÖZGUSI"
mavzusida ilmiy-amaliy seminar
 
      Navoiy innovatsiyalar universitetida “Olima qizlar klubi” tomonidan “Ilmli ayol &ndaş; jamiyat közgusi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar ötkazildi. Seminarni universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Jörabek Yorquloviç Mavlonov oçib berdi va dunyo hamjamiyatida özbek olimalarining, ayniqsa, Navoiy innovatsiyalar universiteti olimalarining faoliyati ortib borayotgani haqida iliq fikrlar bildirdi.
 
 
         Seminarning asosiy maqsadi ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erişgan ayollarni e’tirof etiş, ularning jamiyat taraqqiyotidagi örni va yoş avlodga örnak böladigan faoliyatini tarğib qilişdan iborat böldi.  
 
 
     Seminarda “Olima qizlar klubi” a’zolari, ilmiy izlaniş olib borayotgan ayol tadqiqotçilar, doktorantlar hamda iqtidorli talaba-qizlar iştirok etişdi. Dastlab, ayol olimalarning ilm-fandagi yutuqlari, ularning maşaqqatli mehnati va jamiyatga qöşgan hissasi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
 
 
      “Olima qizlar klubi” a’zolari özlarining ilmiy tajribalaridan kelib çiqib, ayollarning ilm yölidagi fidoyiligi, erişgan muvaffaqiyatlari va bu borada yoşlarga kerakli tavsiyalarini berdilar.  
 
 
          Seminar davomida sözga çiqqanlar ilm yölida sobitqadamlik, doimiy izlaniş va intiluvçanlikning muhimligi haqida fikr bildirişdi. Şuningdek, yoş tadqiqotçilarning innovatsion ğoyalari qöllab-quvvatlanişi, ular uçun yaratilayotgan şaroitlar va imkoniyatlar xususida ham söz yuritildi. Seminar sönggida “Olima qizlar klubi” a’zosi Umurzakova Umida Nosirjonovna dotsent unvoniga ega bölganligi munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. 
 
        
      Uşbu seminar ayol olimalarning mehnatini e’tirof etiş, yoş avlodni ilm-fanga bölgan iştiyoqini oşiriş hamda ayollarning jamiyatdagi örnini yanada yuksaltirişga xizmat qildi.
 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati