Qidiriş

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

NIU va DTPI örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
20.02.2026
6
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor J.Yo. Mavlonov, universitet direktori, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent U.A. Rajabov, “Umumiy fanlar” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor U.B. Abdiev hamda mazkur kafedra dotsenti, pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Ş.J. Suyunovlar taşrif buyurdil. Mehmonlarni institut rektori O.A. Ruziyev rasmiy ravişda kutib oldi.Taşrif davomida delegatsiya a’zolari Raqamli innovatsion markaz faoliyati bilan tanişib, talabalarning puxta bilim olişi va zamonaviy kompetensiyalarni egallaşi yölida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan batafsil ma’lumotga ega böldilar. Şuningdek, “Kelajakka qadam” markazida yoşlarga özini özi band qiliş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va amaliy loyihalarni rivojlantiriş böyiça yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdilar.Mehmonlar institut huzuridagi “Ölkaşunoslik muzeyi” hamda Hind markazida bölib, talabalarning sifatli ta’lim olişi uçun yaratilgan şart-şaroitlar va mavjud eksponatlarni közdan keçirdilar.Taşrif yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohalarida hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur hujjat özaro tajriba almaşiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda professor-öqituvçilar va talabalar hamkorligini mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.