Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

NIU va DTPI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
20.02.2026
893
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor J.Yo. Mavlonov, universitet direktori, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent U.A. Rajabov, “Umumiy fanlar” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor U.B. Abdiev hamda mazkur kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sh.J. Suyunovlar tashrif buyurdil. Mehmonlarni institut rektori O.A. Ruziyev rasmiy ravishda kutib oldi.Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Raqamli innovatsion markaz faoliyati bilan tanishib, talabalarning puxta bilim olishi va zamonaviy kompetensiyalarni egallashi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, “Kelajakka qadam” markazida yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amaliy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.Mehmonlar institut huzuridagi “O‘lkashunoslik muzeyi” hamda Hind markazida bo‘lib, talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar.Tashrif yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur hujjat o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.