Axborot-resurs markazi haqida
Jahonda kutubxonalar ma’naviyatli insonlarni tarbiyalashda asosiy muassasa bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongining rivojlanishi uchun juda ko‘p vazifalarni bajarmoqda. Kutubxonalar bugunga qadar o‘tmish, hozir va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Axborot resurs markazi, madaniy-ta’lim markazi hisoblanib, foydalanuvchilarni kutubxonaga jalb qilishning yangi yo‘llarini topish bilan xizmat ko‘rsatish shakllarini va axborotni yanada to‘liqroq taqdim etishni muntazam takomillashtirib borishdan iborat. Navoiy innovatsiyalar universiteti 2022-yil tashkil etilgan bo`lib, Hozirgi kunda Darslik 1749 ta, O`quv qo`llanma 2876 ta, Monografiya 179 ta, Badiiy adabiyot 5696 ta. Umumiy fond 10500 tani tashkil etadi. Foydalanuvchilar soni 6735 tani tashkil etib, qatnovchilar soni 13800 tani tashkil etadi.
Axborot-kutubxona markazidan hafta davomida talabalarga muntazam dars jarayonida o‘quv-darsliklari, maxsus fanlar va badiiy adabiyotlardan, elektron darsliklardan, internet tarmog‘i orqali kerakli bo‘lgan adabiyotlardan foydalanish ishlari olib boriladi.
Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish.
Foydalanuvchilar uchun 2 ta kompyuter sinfi, nusxa ko`chirish va skaner qurimalari, Infokeoska mavjud bo`lib, 40+20=60 O‘rinli kompyuter sinfi yaratilgan. Barcha kompyuterlar internet tarmog`iga ulangan bo‘lib, Internet tarmog‘idan o‘zlariga kerakli bulgan ma’lumotlarni olishlari va ofis dasturlarida (Word, Exsel, Pover Point va boshq.) o‘zlari ishlashlari mumkin.
Bizning jamoa
Axborot-resurs markazi boshlig‘i
Foydalanish qoidalari
Axborot-resurs markazi universitetning barcha talabalari, professor-o‘qituvchilari, ma’muriy va texnik xodimlariga axborot-kutubxona fondidan ochiq foydalanish imkonini beradi. Ish tartibi darslar jadvali va universitet rahbariyatining buyrug'iga asosan belgilanadi. Markaz tomonidan ko'rsatiladigan barcha xizmatlar bepul.
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
- Axborot- resurs markaziga kirish va axborot resurslaridan foydalanish;
- keyinchalik uzaytirish huquqi bilan bir hafta muddatga o‘quv jarayoni davomida va uyda foydalanishga axborot-kutubxona resurslaridan vaqtincha foydalanish uchun olish;
- o'z ehtiyojlariga ko'ra axborotni erkin tanlash;
- so'ralgan axborot-kutubxona resurslarining mavjudligi to'g'risida ma'lumot olish;
- foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Axborot-resurs markazi foydalanuvchilarining majburiyatlari:
- Axborot- resurs markazi mulkidan ehtiyotkorona foydalanish;
- resursni universitetda yoki uyda vaqtincha foydalanish uchun olishda o'z nomiga ro'yxatdan o'tkazish;
- Axborot resurs markazida shovqin qilmaslik, mobil telefonlardan foydalanmaslik, musiqa tinglash, kompyuter o‘yinlarini o‘ynash, kino tomosha qilish va hokazolar;
- Markazga ovqat olib kelmaslik, zalda ovqatlanmaslik;
- Axborot- resurs markazidagi resurslar va boshqa materiallardan ehtiyotlik bilan foydalanish;
- Markaz xodimlari va foydalanuvchilari bilan xushmuomala bo‘lish;
- Axborot resurs markazida orgtexnika vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
- o‘quv zalida kompyuterlar bilan ishlashni Markaz yopilishiga 15 daqiqa qolganida tugatish;
- foydalanuvchi kitob va manbalarni olgach, ularni o‘rganadi va Axborot-resurs markazi xodimlariga nuqsonlar to‘g‘risida xabar beradi;
- Markaz resurslariga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik (sahifalarni yirtib tashlash, belgilash, chizma va xaritalar ustiga bo‘yash, kitoblar varaqlaridagi yozuvlar va boshqalar);
- Axborot-resurs markazi hujjatlari va resurslarini yo‘qotgan yoki tuzatib bo‘lmaydigan shikast yetkazgan foydalanuvchilar ularni Markaz xodimlari tomonidan e’tirof etilgan bir xil yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar va materiallar (shu jumladan nusxalari) bilan almashtirishlari mumkin, agar ularni almashtirish imkoni bo‘lmasa, ular resurs qiymatidan bir necha marta ko’proq to'lashi kerak. To’lov Axborot-resurs markazi mutaxassislari yoki jalb qilingan mutaxassislar tomonidan yo'qolgan yoki shikastlangan hujjatning narxidan kelib chiqib, amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadi;
- Axborot- resurs markazi faoliyati sifatini pasaytirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik;
- Markazning o‘quv zalida ma’muriyatning ruxsatisiz turli tadbirlar va treninglar tashkil etish taqiqlanadi;
- Markazning o‘quv zalida ma’muriyatning ruxsatisiz turli tadbirlar va treninglar tashkil etish taqiqlanadi;
Resurslar
Jahon ilmiy ta’limiy elektron axborot resurslari:
Ish vaqti
Dushanba-Juma soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Dam olish kunlari Shanba-Yakshanba.