Hashar - elga yarashar!
Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. 22-fevral kuni Navoi Innovatsiyalar universiteti rahbariyati va jamoasi tomonidan universitet hovlisida Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan birgalikda obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbirda universitet rektori, prorektorlar, boshqarma boshliqlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari hamda talabalar faol ishtirok etishdi.
E’tiborli jihati shundaki, obodlikka qaratilgan harakatlar o‘zbek xalqining to‘yu-tantanalari, maraka va turli bayramlari sababli hamda bunyodkorlik ishlarida yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Faqat o‘zbek xalqigagina xos bo‘lgan hasharning qadriyat darajasiga ko‘tarilgani ham bejiz emas. Zero, xalqimiz hasharni mehr-oqibat, ishonch hamda do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi vosita sifatida e’zozlab keladi.