“Ma’rifat maydoni” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi
Navoiy shahridagi Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi faollar zalida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Navoiy innovatsiyalar universitetining talaba yoshlari ishtirok etdi.
O‘z iqtidor-iste‘dodlari bilan Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalari 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tanlovda ishtirok etgan jamoalar o‘zlarining aktyorlik mahorati, bilim va salohiyati bilan faol qatnashib, tomoshabinlarda ijobiy taassurot qoldirdi. Bu kabi musobaqalar yoshlarning tafakkurini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.