Qidirish

"Milliy ta’lim tizimi va global integratsiya:
Xalqaro ilmiy anjuman"
 
      2025-yil 1-may kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan "Yangi O`zbekistonda sifatli ta'lim: milliy tizim va barqaror rivojlanish maqsadlari" mavzusidagi online xalqaro ilmiy konferensiya o`tkazildi.
 
 
   Konferensiyada Finlandiya, Ukraina, Qozog`iston, Tojikiston respublikasidan yetuk xorijlik olimlar hamda respublikamiz olimlari o`z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
 
 
     Konferensiyada inson kapitalini rivojlantirishda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’limning ahamiyati, ta'lim-tarbiya jarayonida integratsiya masalalari, zamonaviy fan va ta'lim sohasida sun'iy intellektning o`rni va shu kabi dolzarb masalalarga doir fikrlar tinglandi va tegishli takliflar bildirildi.
 
 
 Uchrashuv so`ngida ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.