Qidirish

“Ta’limning jamiyatdagi o‘rni” mavzusida
seminar-trening o'tkazdik!
 
      “Agar bir kishini bir kun ta’minlamoqchi bo‘lsang — unga baliq ber; agar umr bo‘yi ta’minlamoqchi bo‘lsang — unga baliq tutishni o‘rgat.” (Xitoy maqoli)
 
 
     Bugun Navoiy innovatsiyalar universitetida talabalar bilan uchrashib, “Ta’limning jamiyatdagi o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazdik.
 
 
        Ular bilan birga o‘z ustida ishlash, tanqidiy fikrlash, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy faollik haqida gaplashdik, hayotiy tajribalarimdan misollar keltirdim.
 
 
       Talabalar savollari va qiziqishlari ularda qanday kuchli salohiyat borligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ishonamanki, ana shunday muhitda o‘qiyotgan yoshlar ertaga jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi.
 
 
      Universitet jamoasiga tashkiliy ishlar uchun minnatdorchilik, talabalariga esa — ilmga chanqoqlik va qat’iyat tilayman!
 
Samimiyat bilan, OTABEK MAHKAMOV.