“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 6-dekabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni universitet prorektori A. Ergashov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda Konstitutsiyaning ahamiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, talabalar Konstitutsiyaning moddalariga oid fikr va ta’riflarni taqdim etishdi.
Tadbir davomida bolajonlarning chiqishlari, milliy raqslar, sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar orqali tantanali bayramona kayfiyat yaratildi. Tadbir ishtirokchilari Konstitutsiyaning yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rnini san’at va ijod orqali chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Mazkur tadbir universitetimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning izchil davom ettirilayotganini va yoshlarimizni Konstitutsiyamizga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini yana bir bor namoyon etdi.