Qidirish

Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi bayrog'ining 33 yilligiga Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori J.Mavlonovning tabrigi
18.11.2024
893

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va muhtaram yurtdoshlar!

Bugun bizning milliy iftixorimiz bo‘lgan Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni ulkan g‘urur va iftixor bilan nishonlamoqdamiz. O‘zbekiston bayrog‘i — bu nafaqat erkinligimiz va mustaqilligimiz timsoli, balki xalqimizning birdamligi, matonati va buyuk kelajakka intilishini aks ettiruvchi muqaddas ramzdir.

Bayrog‘imizni baland ko‘tarish va uni dunyo sahnalarida sharaflash — har birimizning muqaddas burchimizdir. Ushbu muborak sanada Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni chin dildan tabriklayman. Bayrog‘imiz doimo yurtimizning tinchligi, taraqqiyoti va farovonligiga hamroh bo‘lsin!

Hurmat bilan, J.Mavlonov

Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori